Superliganing 11-turidan o‘rin olgan bahsda “Mash’al” jamoasi safarda “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu natija jamoa uchun ketma-ket 11-maglubiyat bo‘lib, mavsumdagi eng og‘ir seriyalardan biriga aylanmoqda.
Uchrashuvni bosh hakam Temur To‘xtasinov boshqardi. Unga qanotlarda Jamshid Bakirov va Farruh Bekmurodov yordam berishdi. Zaxira hakami Shahboz Azimov bo‘ldi. VAR tizimida Doston Rahmonov ish olib borgan bo‘lsa, AVAR vazifasini Alisher Rahimqulov bajardi. Uyin nazoratchisi Aleksandr Popov, komissar esa Vladimir Nazarov bo‘ldi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 12-daqiqada mezbonlar safidan Azizbek Amonov hisobni ochdi — 1:0. “Mash’al” jamoasi tez orada javob qaytarishga erishdi: 17-daqiqada Roman Xajiev hisobni tenglashtirdi — 1:1. Biroq shundan so‘ng tashabbus yana “Dinamo” tomoniga o‘tdi. 31-daqiqada Nurillo To‘xtasinov jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 2:1. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda o‘sha To‘xtasinov ikkinchi bor gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda “Mash’al” hisobni qisqartirish uchun harakat qildi, ammo yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilmadi. Himoyadagi xatolar va hujumdagi aniqlikning yetishmasligi jamoaga yana qimmatga tushdi.
Shu tariqa, “Mash’al” jamoasi 11-turdan keyin ham ochko jamg‘ara olmadi va mag‘lubiyatlar seriyasi davom etmoqda. Jamoa oldida vaziyatni o‘zgartirish va inqirozdan chiqish vazifasi yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.
"Dinamo" – "Mashal" 3:1
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Jamshid Bakirov, Farruh Bekmurodov
Zaxira hakami: Shahboz Azimov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gol: Azizbek Amonov 12, 1:0, Roman Xajiev, 17, 1:1, Nurillo To'xtasinov 31, 45+2 3:1
“Dinamo”: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Nurillo To'xtasinov, 5.Mahamadu Dembele, 6.Jahongir O'rozov (s), 7.Sanjar Qodirqulov (17.Salim Mustafoev, 54), 8.Azizbek Amonov, 15.Rasul Yo'ldoshev (16.Dramane Salu, 84), 21.Jahongirbek Abdusalomov (97.Til Mavretich, 84), 22.Ulug'bek Abdullaev, 44.Kingsli Kofi Sarfo, 77.Behruzbek Oblaqulov (99.Ulug'bek Xoshimov, 71)
Zaxira: 1.Edem Nemanov, 11.Hislat Halilov, 14.Baxodir Nasimov, 24.Akbar Xudayberdiev, 29.Abdulahadjon Xoshimov,
“Mashal”: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov (20.Azizbek Abdumo'minov, 78), 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev (s), 22.Nurjahon Muzaffarov (18.Ilhomjon Abdig'aniev, 73), 37.Sherzod Fayziev, 45.Suhrobjon Parmonqulov ( 28.Ergash Ismoilov, 46), 69.Roman Xadjiev, 97.Augustin Chidi Kvem (13.Nuriddin Nuriddinov, 46)
Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 3.Asan Vaniev, 4.Asadbek Xabibullaev, 27.Maqsudxo'ja A'loxo'jaev,34.Shaxboz Jo'raev
Ogohlantirish: Sardor Abduraimov (“Mashal”) 8, Ibrohim G'anixonov (“Mashal”) 70, Rasul Yo'ldoshev (“Dinamo”) 75