14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

14.01.2026

“Mash’al” PFK ma’muriyati, murabbiylari, futbolchilari hamda barcha xodimlari nomidan sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

 Yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, milliy armiyamizning yil sayin mustahkamlanib borayotgani bilan har qancha faxrlansak arziydi.

 Vatanimiz Qurolli Kuchlari safida jasorat va matonat bilan xizmat qilayotgan, kerak bo‘lsa, o‘z hayotini Vatan himoyasi yo‘lida fido etishga tayyor barcha harbiy xizmatchilarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

 Vatanimiz tinch, osmonimiz doim musaffo bo‘lsin!

 Bayramingiz muborak bo‘lsin!