Superliganing 17-turida jamoamiz safarda «Qizilqum» mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuv mezbonlarning faol harakatlari bilan boshlandi. 9-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziev hisobni ochib, «Qizilqum»ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning 34-daqiqasida Shahzod Rahmatullaev yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 2:0. Tanaffusdan so‘ng jamoamiz hisobni qisqartirish va uchrashuvga qaytish uchun harakat qildi. Futbolchilarimiz bir qator hujumlar tashkil etgan bo‘lsa-da, yakunlovchi zarbalarda aniqlik yetishmadi. Yakunda «Qizilqum» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Superliga, 17-tur
“Qizilqum” - “Mashal” 2:0
Gollar: 9 - Otabek Jo'raqo'ziev, 34 - Shahzod Rahmatullaev
Bosh hakam: Umidjon Rahimjonov
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Komissar: Shohruh Said
“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev (45.Ozodbek Ergashov, 90+2’), 8.Shahzod Rahmatullaev (97.Roman Papariga, 77’), 15.Nikola Kumburovich, 31.Jambuli Jigauri (9.Shahzod Turopov, 77’), 40.Nodirxon Nematxonov, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 47.Ruslan Roziev (14.Elbek Otaqulov, 46’), 70.Duglas Maykon, 77.Diyor Raxmatilloev, 88.Otabek Jo'raqo'ziev (10.Islom Kenjaboev, 82’).
Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhomjon Vahobov, 11.Luka Ratkovich, 23.Samandar Shukurillaev.
"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Komil Tojiddinov, 7.Vlatko Stoyanovski (10.Humoyun Murtozaev, 46’), 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov (18.Ilhom Abdug'aniev, 46’), 19.Toxir To'xtasinov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 62’), 24.Ifeani Ifeani (11.Mahmud Jo'raboev, 46’), 37.Sherzod Fayziev (4.Straxinya Boshnyak, 52’), 50.Drago Bumbar, 70.Azizbek Choriev.
Zaxira: 25.Samandar Jo'rabekov, 27.Doniyor Narzullaev, 63.Pavel Bureev, 99.Bobur Asqarov.
Ogohlantirishlar: 45+2 - G'iyosjon Rizaqulov, 72 - Jambuli Jigauri, 72 - Komil Tojiddinov, 76 - Duglas Maykon