27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

26.06.2025

 Har yili 27 iyun sanasi yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana – xalq va davlat o'rtasidagi axborot ko'prigini barpo etib kelayotgan, xolis va haqqoniy ma'lumot tarqatishda fidokorlik ko'rsatayotgan jurnalistlar, muxbirlar, muharrirlar hamda barcha OAV xodimlari uchun samimiy e'tirof kunidir.

Hurmatli jurnalistlar!

 Sizni ushbu kasbiy bayramingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarning yuksak mas'uliyat, matonat va izlanish ruhi bilan tinimsiz olib borayotgan mehnatingiz jamiyat uchun beqiyos ahamiyatga ega. Jamiyat hayotidagi voqealar, muammolar va yutuqlar aynan sizning qalamingiz ostida aks etib, xalqimizga yo'l topmoqda.

 Sizning xolis axborotingiz, faktlarga asoslangan tahlillaringiz va haqiqatni izlab topishdagi jasoratingiz – demokratik jamiyat barpo etishda muhim poydevorlardan biridir. Sizning qalamingiz haqiqat ovozidir, sizning xizmatingiz esa jamiyat uchun ziyo nuridir.

 Shu qutlug' kunda barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik va farovonlik, mehnat faoliyatingizda esa yangi yutuqlar tilaymiz. Qalamingiz doimo burro, so'zingiz ta'sirli, ma'lumotlaringiz esa ishonchli va dolzarb bo'lib qolaversin!

 Bayramingiz muborak, aziz jurnalistlar!