8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!

08.03.2025

Aziz va mo‘tabar ayollar

Sizlarni bahorning go‘zal va iliq bayrami – 8-Mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Ayol – oila chirog‘i, mehr-muhabbat va sadoqat timsoli. Sizlar nafaqat oilaning, balki jamiyatimizning bebaho tayanchi, kelajagimiz ravnaqi yo‘lida katta hissa qo‘shayotgan aziz insonlarsiz.

"Mash’al" futbol klubi jamoasi barcha onalarimiz, munis opa-singillarimiz va mehribon ustozlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik tilaydi. Yuzingizdan doimo tabassum arimasin, dillaringiz doimo xotirjam bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!