Bahodir Nizomovich Qurbonov – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti

22.02.2025

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Assotsiatsiya a’zolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qo‘mitasi a’zolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi. 

Assotsiatsiya Ustavining  30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Nizomovich Qurbonov nomzodi ilgari surildi.  

Assosiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.