Muhtaram ustozlar!
Sizni ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Yosh avlodning bilimli, ma’rifatli va yetuk inson bo‘lib voyaga yetishishida, jamiyatimiz ravnaqi va sportimiz taraqqiyotida sizlarning qo‘shgan hissangiz beqiyosdir.
Futbolda ham murabbiylar alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimizda qancha ko‘p tajribali va mehnatsevar murabbiylar faoliyat olib borsalar, o‘zbek futboli shuncha rivojlanib, yangi marralarga yetadi. Shu bois ham murabbiy shaxsi futbolda birlamchi va muhim ahamiyatga ega.
Shu muborak kunda “Mash’al” futbol klubi nomidan barcha ustoz va murabbiylarni, ayniqsa, yurtimizdagi ta’lim va sport sohasi vakillarini chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizlarning yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lidagi sermazmun hamda fidokorona mehnatingizda doimo omad va zafar hamroh bo‘lsin!
