Derbi oldidan katta yo‘qotishlar

10.09.2025

Ertaga voha derbisi – “Mash’al” va “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv oldidan yangi xabar. Afsuski, “Mash’al” muhim to‘qnashuvga asosiy tarkibning bir nechta yetakchi futbolchisiz tayyorlanmoqda.

Darvozabon Doston To‘xtaboev, himoyachi Muhammadali Aliqulov, shuningdek yarim himoyachilar Javohir Abdualimov va Dilshod Rahmatullaev derbida jamoaga yordam bera olmaydi.

Bosh murabbiy Otabek Narzullaev uchun bu jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. Shunga qaramay, u mavjud tarkibga ishonib, muxlislar oldida munosib o‘yin ko‘rsatishga intilmoqda.