O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan Qashqadaryo derbisida "Mash’al" o‘z maydonida amaldagi kuchli raqiblardan biri "Nasaf"ni qabul qildi. Murosasiz va keskin kurashlarga boy kechgan bahs 1:1 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida "Mash’al" hisobni ochdi. Sherzod Fayzievning aniq uzatmasidan so‘ng serbiyalik himoyachi Straxinya Boshnyak bosh bilan to‘pni darvoza to‘riga yo‘llab, jamoamizni oldinga olib chiqdi.
Mehmonlar esa birinchi bo‘lim yakuniga yetmay hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. 39-daqiqada Zafarmurod Abdiraxmatovning uzatmasidan so‘ng Sardor Bahromov gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa g‘alaba uchun astoydil harakat qildi. Maydonning har bir qarichida keskin kurash kechdi, xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq darvozabonlar va himoyachilarning ishonchli harakatlari tufayli hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Qashqadaryo derbisi muxlislarga haqiqiy futbol bayramini taqdim etdi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldilar.
Superliga
13-tur
"Mash’al" – "Nasaf" 1:1
Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00
Gollar: Straxinya Boshnyak (Sherzod Fayziev) 18’ – Sardor Bahromov (Zafarmurod Abdiraxmatov) 39’
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Qanot hakamlari: Sardor Hakimov, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Davron Ibrohimov
“Mash’al”: 35.Dostonbek To‘xtaboev (73.Vladislav Rusanov, 46), 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G‘anixonov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 61), 10.Humoyun Murtozaev (11.Mahmud Jo‘raboev, 69), 18.Ilhomjon Abdig‘aniev (5.Komil Tojiddinov, 61), 19.Toxir To‘xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 94.Farruh Ibrohimov (50.Drago Bumbar, 46).
Zaxira: 7.Vlatko Stoyanovski, 40.Ruhiddin Xolmatov, 45.Suhrobjon Parmonqulov, 70.Azizbek Choriev.
“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne’matov, 4.Akrom Komilov (23.Dilshod Murtazaev, 77), 5.G‘olib G‘aybullaev (32.Quvonchbek Xushvaqtov, 81), 6.Sardor Bahromov (18.Bekjon Rahmatov, 77), 7.Adenis Shala (2.Alibek Davronov, 71), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (80.Davron Usmonov, 81), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 22.Diyorbek Abdunazarov, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 76.Zafar Sa’dullaev.
Ogohlantirishlar: Ibrohim G‘anixonov (60), Bekjon Rahmatov (86).