O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan bahsda “Mash’al” jamoamiz “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi. G‘uzordagi “Markaziy” stadionida kechgan o‘yin nafaqat ochkolar, balki nufuz uchun ham ahamiyatli edi.
Uchrashuv ilk daqiqalaridanoq “Mash’al” futbolchilari tashabbusni qo‘lga olishdi. Jamoa hujumlari bosimli va tizimli bo‘ldi. 13-daqiqada Nurjahon Muzaffarov tomonidan berilgan aniq uzatmani Humoyun Murtozaev juda mahorat bilan golga aylantirdi. Bu gol o‘yindagi yagona va hal qiluvchi zarba bo‘lib qoldi.
Qolgan vaqt davomida har ikki jamoa hisobni o‘zgartirish uchun harakat qildi, biroq darvozabonlar ishonchli o‘yin namoyish etdi. “Mash’al”ning himoya chizig‘i ham ishonch bilan harakat qilib, raqib hujumlarini neytrallashtirishda faol ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida Muborak jamoasi muxlislariga munosib sovg‘a taqdim etdi — muhim uch ochko va yana bir g‘alaba. Bu natija “Mash’al” uchun Superliga jadvalidagi mavqeini mustahkamlash yo‘lida qimmatli ahamiyat kasb etadi.
Shu tariqa, Otabek Narzullaev boshchiligidagi jamoa o‘zining intizomli o‘yini va jamoaviy harakati orqali muxlislar ishonchini yana bir bor oqladi.
Superliga
27-tur
"Mashal" – "Qo'qon-1912" 1:0
G'uzor. "Markaziy" stadioni. 17:15
Gol: Humoyun Murtozaev (Nurjahon Muzaffarov) 13'
Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umurzoqov
Zaxira hakami: Jahongir Noraliev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR: To'rabek Suyunov
AVAR: Aleksandr Burov
Komissar: Samandar Ibragimov
"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 10.Humoyun Murtozaev, 13.Nuriddin Nuriddinov (27.Zafar Akramov, 81), 17.Anvar Murodov (57.Aminu Umar, 32), 19.Islom Sharipov (6.Javohir Abdualimov, 53), 22.Nurjahon Muzaffarov (8.Sardor Abduraimov, 53), 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin (15.Muhammadali Aliqulov, 46).
Zaxira: 1.Umid Hamroev, 34.Shahboz Jo'raev, 66.Diyorbek Mamataliev, 77.Jamshid Hasanov.
"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov (6.Alisher Salimov, 72), 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Shota Gvazava (20.Iqboljon Malikjonov, 62), 10.Shohruh Gadoev (9.Javohir Husanov, 46), 17.Kleydi Daci (14.Jasur Xolto'raev, 62), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Abror Karimov, 44.Andro Giorgadze, 78.Abdug'afur Haydarov (69.Egor Kondratyuk, 83).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 15.Zafar Hakimov, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Muhriddin Pazildinov.
Ogohlantirishlar: Nurjahon Muzaffarov (20), Jasurbek Yoqubov (43), Nuriddin Nuriddinov (81), Abdug'afur Haydarov (82), Andro Giorgadze (89).