O‘zbekiston U21 chempionati 13-turidan o‘rin olgan bahsda «Mash’al U21» o‘z maydonida Qarshining «Nasaf U21» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti teng kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisob uzoq vaqt ochilmadi.
Bahs taqdirini esa 87-daqiqada Azizbek Choriev hal qildi. U taxminan 25 metr masofadan ijro etgan ajoyib jarima zarbasi bilan to‘pni aniq nishonga yo‘llab, darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ushbu gol uchrashuvdagi yagona gol bo‘lib, «Mash’al U21»ga muhim uch ochko keltirdi.
Shu tariqa, Otabek Narzullaev shogirdlari 13-turni g‘alaba bilan yakunlab, muxlislariga quvonch bag‘ishladi.
U21 chempionati | 13-tur
«Mash’al U21» – «Nasaf U21» 1:0
Uchrashuv rasmiylari
Bosh hakam: Umidjon Nutfulloev.
Qanot hakamlari: Elnur Doniyorov, Jabbor Panjiev.
Zaxira hakami: Behruz Abduquliqov.
Hakamlar nazoratchisi: Oleg Dachev.
Uchrashuv komissari: Elbek Jo‘raev.
«Mash’al U21» Kamronbek Xamroev, 29. Shoxbozbek Abduvaliev, 33. Boymurod Shamuradov, 39. Asadbek Toshpo‘latov, 40. Ruhiddin Xolmatov, 45. Suxrobjon Parmonqulov, 66. Isomiddin Nusratov, 70. Azizbek Choriev, 72. Normurod Ko‘charov, 87. Muhammadali Boymurodov, 88. Ahrorbek Rahimov (s).
Zaxira: 12. Davronbek Rahmonov, 26. Suxrobbek Rahimov, 36. Javohir Abdulazizov, 38. Sunnatulla Yarashev, 67. Og‘abek Abdirahimov, 71. Sherxon G‘afurov, 76. Firdavs Jovliev, 79. Mironshoh Hamidov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.
Murabbiy: O. Narzullaev.
«Nasaf U21» Karen Danelyan, 16. Mirshodbek Suyunov, 24. Javohir Iskandarov, 28. Ruslan Saidov, 34. Asadbek Ramilov, 37. Jasur Jumanazarov, 38. Rahmatillo Tillaev, 45. Bekzod Bo‘riev, 73. Mansur Redjepov, 78. Samandar Toirov (s), 90. Xidirdavlat Rayimqulov.
Zaxira: 82. Asilbek Numonov, 39. Lazizbek Ergashev, 40. Behruz Soatov, 44. Shoxjahon Xushvaqtov, 60. Fazliddin Karomatov, 66. Behruz Haydarov, 71. Suxrobbek Toshkinboev, 80. Davronbek Usmonov, 83. Ozodbek Ochilov.
Murabbiy: X. Karimov.