Kichik derbida g‘alaba – “Mash’al U19” yigitlaridan munosib natija

16.09.2025

U19 birinchiligi doirasidagi 17-tur bahsi doimo qizg‘in va murosasiz kechishi bilan ajralib turadi. Ana shunday derbida — safardagi uchrashuvda “Mash’al U19” yigitlari azaliy raqib hisoblangan “Nasaf U19” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuvda asosiy urin intizom, birdamlik va taktik tayyorgarlikka qaratildi. Muboraklik yoshlar butun o‘yin davomida raqibning hujumlarini puxta tarzda to‘sib, qarshi hujumlarda samaradorlik ko‘rsata olishdi.

O‘yin taqdiri 36-daqiqada hal bo‘ldi: yosh himoyachi Og‘abek Abdiraximov o‘z vaqtidagi harakatlari va aniq zarbasi bilan jamoamizga zarur g‘alabani taqdim etdi — 0:1!

Bu natija nafaqat tur ochkolari uchun muhim ahamiyat kasb etdi, balki yoshlarimizda derbi muhitida o‘zini ko‘rsatish va psixologik ustunlikka ega bo‘lish imkoniyatini berdi.

U19 Birinchiligi, 17-tur
🇺🇿 Nasaf U19 — Mash’al U19 👉 0:1
Gol muallifi:
O. Abdiraximov (36’)

🔹 “Mash’al” akademiyasi futbolchilarining bunday yuksak ruhdagi g‘alabalari ularning kelgusida asosiy tarkibda ham munosib o‘rin egallashga harakat qilayotganidan darak beradi.

👉 Kichik derbidagi bu g‘alaba navbatdagi turlarga ham katta ishonch bag‘ishladi.