Kichik voha derbisida g‘alaba

21.06.2025

Bugungi kun U21 chempionati 13-tur uchrashuvlari bilan yodda qoldi. Muborak shahridagi "Mash’al" stadionida voha derbisining yoshlar o‘rtasidagi muhim — “Mash’al U21” hamda “Nasaf U21” jamoalari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi. Kuchli ruhda o‘tgan bellashuvda mezbonlar katta iroda va xarakter namoyon etib, 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar faol harakat qilib, 41-daqiqada Alizod To‘xtaevning goli orqali hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi — 0:1. Biroq, bu gol "Mash’al" yoshlarini ruhan sindira olmadi. Ikkinchi bo‘limda maydon sohiblari haqiqiy kambek namoyish etishdi.

64-daqiqada Ahror Murodov o‘zini ko‘rsatdi va hisobni tenglashtirdi — 1:1. Oradan 9 daqiqa o‘tib esa Farruhbek Toshpo‘latov mezbonlarni oldinga olib chiqdi — 2:1. Qolgan daqiqalarda “Mash’al” yoshlari ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa, "Mash’al U21" jamoasi kichik voha derbisida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va muxlislariga cheksiz xursandchilik ulashdi.

📌 U21 chempionati – 13-tur
🏟 Muborak, “Mash’al” stadioni
Mash’al U21 – Nasaf U21 — 2:1
Gollar:
41’ — Alizod To‘xtaev (Nasaf)
64’ — Ahror Murodov (Mash’al)
73’ — Farruhbek Toshpo‘latov (Mash’al)