Muborakning "Mash’al" jamoasi 2025 yilgi Super liga musobaqasini 13-o‘rinda yakunladi.
Otabek Narzullaev rahbarligidagi jamoamiz raqiblar darvozasini umumiy 22 marta aniq nishonga oldi. Jamoaning birinchi goli Islombek Baratov hisobiga yozilgan bo‘lsa, so‘ngi gol Umar Aminu muallifligida bo‘ldi.
Jamoamiz tarkibida urilgan gollar statistikasi
1. Humoyun Murtozaev 8ta gol
2. Islombek Baratov 3ta gol
3. Sardor Abduraimov 3ta gol
4. Sherzod Fayziev 2ta gol
5. Nurjahon Muzaffarov 2ta gol
6. Anvar Murodov 1ta gol
7. Samandar Ochilov 1ta gol
8. Islom Sharipov 1ta gol
9. Umar Aminu 1ta gol
Jamoamiz tarkibida urilgan Avto gollar statistikasi
1. Ergash Ismoilov ("Mash’al") – 2ta
2. Dilshod Rahmatullaev ("Mash’al") – 1ta
3. Nurjahon Muzaffarov ("Mash’al") – 1ta
Jamoamiz uchun har bir gol muhim ahamiyatga ega bo‘lib, muxlislarimiz uchun yorqin xotiralar qoldirdi. Navbatdagi mavsumda "Mash’al" yanada kuchli natijalar ko‘rsatishga intiladi.