O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Mash’al» G’uzorda Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qildi.
Murosasiz kechgan bahsda namanganliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Jasur Jaloliddinov «Navbahor»ni hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda «Mash’al» hisobni tenglashtirish uchun harakat qildi. Biroq 67-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonov mezbonlar darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilib, «Navbahor»ning ustunligini mustahkamladi — 0:2.
Qolgan daqiqalarda «Mash’al» hisobni o‘zgartirishga uringan bo‘lsa-da, yakunga qadar gol urilmadi.
Shu tariqa «Mash’al» Superliga joriy mavsumidagi 17-mag‘lubiyatini qayd etdi.
O'zbekiston Superligasi. 19-tur
"Mashal" - "Navbahor" 0:2
G'uzor, "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar: Alisher Rahimqulov, Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov, Nurjahon Sulaymanov
VAR: Asker Nadjafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Zokirdjon Qadirov
Komissar: Fazliddin Hasanov
Gollar: Jasur Jaloliddinov 20, - 0:1 (Asadbek Rahimjonov). Shohruhbek Abdurahmonov 67, - 0:2 (Husayn Norchaev).
"Mashal": 25. Samandarbek Jo'rabekov, 5. Komiljon Tojidinov, 8. Sardor Abduraimov (72.Normurod Ko'charov, 59), 11. Mahmud Jo'raboev, 13. Nuriddin Nuridinov, 19. Tohirbek To'xtasinov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 74), 22. Muhammadbobir Mo'ydinov (2.Zafarbek Akramov, 59), 28. Ergash Ismailov, 63. Pavel Bureev (4.Straxinya Boshnyak, 65), 70. Azizbek Choriev (50.Drago Bumbar, 65), 88. Ahrorbek Rahimov.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 10.Humoyun Murtazoev, 18.Ilhomjon Abdug'aniev, 76.Firdavs Jovliev, .
"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 4. Islombek Mamatkazin, 5. Dilshodjon Komilov, 7. Ruslanbek Jiyanov (97.Aleks Fernandes, 78), 8. Diyor Xolmatov (6.Shohruhbek Abdurahmonov, 66), 11. Husain Norchaev, 21. Asadbek Rahimjonov, 22. Umar Adhamzoda (34.Georgi Jgerenaya, 66), 30. Jasurbek Jaloliddinov (13.Teydi Benjamin, 78), 55. Muhammadqodir Hamraliev, 77. Muhammadali Usmonov (23.Vanya Ilich, 66).
Zaxira: 16.Shukron Yuldashev, 35.Valijon Rahimov, , 44.Anri Chichinadze,.
Ogohlantirishlar: Pavel Bureev 31, Komiljon Tojiddinov 43, Asadbek Rahimjonov 52, Mahmud Jo'raboev 70, Islombek Mamatkazin 75, Nuriddin Nuriddinov 86, Aleks Fernandes 88, Aleks Fernandes 88, Straxinya Boshnyak 90,