"Mash’al" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Boymurod Shomurodov O‘zbekiston U-18 yoshlar terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirildi.
Milliy jamoamizning ushbu yig‘ini bir qator istiqbolli futbolchilarning mahoratini oshirish va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilmoqda.
Boymurod Shomurodovning terma safiga jalb etilishi "Mash’al" akademiyasida olib borilayotgan samarali ish va yoshlarimiz salohiyatining yana bir isbotidir.