Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan “NEW UZBEKISTAN CUP BUXARA 2025” musobaqasida “Mash’al” akademiyasining tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatli ishtirokni boshlashdi.
Xumoyun Abdusattarov boshchiligidagi jamoamiz musobaqaning ilk turida Qarshining “Nasaf” yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qizg‘in va dramatik tarzda kechgan uchrashuvda “Mash’al” yosh futbolchilari 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
G‘alaba gollar mualliflari:
· Muhammadjon Muhammedov
· Firdavs Jovliyev
· Shahzod Fazliddinov
Ushbu natija yosh futbolchilarimizning musobaqaga jiddiy tayyorgarlik bilan kelganini va raqobatbardosh ekanligini yaqqol namoyon etdi. Birinchi o‘yindayoq kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba bolalarimizga katta ruhiy kuch va motivatsiya bag‘ishladi.
Endi navbatdagi bellashuvlarda ham yuqori o‘yin va navbatdagi g‘alabalarni kutib qolamiz!
“Mash’al” akademiyasi tarkibi – NEW UZBEKISTAN CUP BUXARA 2025
Asosiy tarkib:
· Xoshimov Nazar
· Anvarov Muhammad Bilol
· Sodiqov Mexroj
· Inomov Farrux
· Sodiqov Shoxrux
· Baxromqulov Feruz
· Xayrullayev Anzur
· Narimonov Asilbek
· Jovliyev Firdavs
· Fazliddinov Shaxzod
· Muhammedov Muhammadjon
Zaxira o‘yinchilar:
· Toshkentov Lazizbek
· Jamolov Jamolxon
· Abdulazizov Abubakir
· Yunusaliyev Sherzod
· Abdullayev Sayid
· Abdug‘aniyev Asad
Yoshlarimizni tabriklaymiz va kelgusi uchrashuvlarda omad tilaymiz!