5 dekabr, 2025 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. Soat: 15:00
O‘tish o‘yinining hal qiluvchi bahsida “Mash’al” va “Buxoro” jamoalari keskin raqobat sharoitida bellashdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtda darvozalar daxlsiz qoldi, ammo penaltilar seriyasida Otabek Narzullaev boshchiligidagi "Mash’al" ustunlikni qo‘lga kiritib, Superligada qolishni ta’minladi.
Uchrashuv tafsilotlari
Hakamlar qatlami:
· Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
· Yordamchilar: Alisher Usmonov, Adhamjon Riqsiboev
· 4-hakam: Alisher Rahimqulov
· Nazoratchi: Zokir Qodirov
· VAR: Abdurashid Xudoyberganov
· AVAR: Avaz Abdullaev
· Komissar: Qudrat Madraimov
Penaltilar seriyasi
· Toma Tabatadze – 0:1
· Sardor Abduraimov – 1:1
· Dominik Begich – seyv
· Shahboz Jo‘raev – 2:1
· Frane Ikich – noaniq
· Nuriddin Nuriddinov – 3:1
· Frane Chiryak – seyv, o‘yin tugadi!
Darvozabonlarimiz Dostonbek To‘xtaboev va keyin maydonga tushgan Umid Hamroev — bizning asosiy qahramonlardan biri bo‘lishdi. Jamoa ruhi, murabbiy ishonchi va muxlis qo‘llab-quvvati g‘alabani ta’minladi.
Tarkiblar
"Mash’al"
35.Dostonbek To‘xtaboev (1.Umid Hamroev, 78),5.Samandar Ochilov, 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov,19.Islom Sharipov (8.Sardor Abduraimov, 74), 22.Nurjahon Muzaffarov,24.Avazxon Mamatxo‘jaev, 34.Shahboz Jo‘raev, 37.Sherzod Fayziev,
57.Aminu Umar (13.Nuriddin Nuriddinov, 74), 80.Dmitriy Yashin.
Zaxira: 6.Javohir Abdualimov, 7.Islom Baratov, 9.Ibrohim G‘anixonov,17.Anvar Murodov, 27.Zafar Akramov, 45.Suhrob Parmonqulov.
"Buxoro"
21.Otabek Boymurodov, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvarjon Jo‘raev, 102),
10.Azizbek Amonov (19.Bilol Tupliev, 62), 22.Toma Tabatadze, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo‘ldoshev (11.Ibrohim No‘monov, 102), 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich (95.Nodir Ahmadjonov, 62), 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo‘rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po‘latov, 4.Javohir O‘tamurodov,
9.Amirbek Saidov, 14.Alisher Xayrullaev.
Ogohlantirishlar
· Nurjahon Muzaffarov (81)
· Izzatillo Po‘latov (120+1)
Natija: “Mash’al” — Superligada!
O‘tish o‘yinida g‘alaba — jamoa, murabbiylar shtabi va butun Muborak ahli uchun katta shodlik.
Otabek Narzullaev boshchiligidagi yigitlarimiz qisincha jang, sabr va ishonch bilan o‘z maqsadini amalga oshirdi.
Albatta, bu bahsning yana bir ramziy jihati — ustoz va shogird dueli edi. Bir paytlar bir jamoada ishlagan Aleksandr Xomyakov va Otabek Narzullaevning to‘qnashuvida shogird ustozdan ustun keldi.
"Mash’al" muxlislari! Biz — Superligada qoldik!
Yigitlarga rahmat! Muborak futboli yana jonlanadi, yana yonib turadi!
To‘liq o‘yinni ko‘rish uchun
Penaltilar seriyasi