“Mash’al” Farg‘onada “Neftchi”ni taslim qildi

25.06.2025

“Mash’al” jamoasi O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi. Jamoa safarda, Farg‘onada  “Neftchi” jamoasiga qarshi kechgan keskin va kurashlarga boy bellashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona va hal qiluvchi gol muallifi — tajribali yarim himoyachi Sardor Abduraimov bo‘ldi. Uning birinchi bo‘limda kiritgan goli jamoamiz uchun yetarli bo‘lib, “Mash’al” Kubokning chorak finaliga yo‘l oldi.

 O'zbekiston Kubogi

1/8 final

"Neftchi" – "Mashal" 0:1

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:30

Gol: Sardor Abduraimov 6'

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Maksim Nechoxin, Farruh Bekmurodov

Nazoratchi: Mo'min Majidov

VAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

AVAR: Anvar Marajabov

Komissar: Davron Ibrohimov

 

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev, 14.Jamshid Boltaboev, 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze.

 Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev, 17.Muhammadali G'iyosov, 23.Yovan Jokich, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Ahmadjonov.

 "Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 11.Asadbek Samariddinov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 19.Islom Sharipov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 34.Shahboz Jo'raev, 37.Sherzod Fayziev, 77.Jamshid Hasanov, 96.Ibrohim No'monov.

 Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 3.Asan Vaniev, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 17.Anvar Murodov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 45.Suhrobjon Parmonqulov, 70.Azizbek Choriev, 99.Nodirjon Habibullaev.

NEFTCHI 0:1 MASH’AL | O‘zbekiston kubogi 1/8 final