“Mash’al” futbol klubida “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi

01.10.2025

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Mash’al” futbol klubida bayramona futbol festivali tashkil etildi.

Tadbirda klub rahbariyati, murabbiylar hamda akademiya tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

 Festival davomida futbol akademiyasida yoshlar bilan samarali mashg‘ulotlar olib borayotgan ustoz va murabbiylarning mehnati alohida qadrlandi.

 Yosh futbolchilar o‘zaro bellashuvlarda maydonga tushib, o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Xursandchilikka  boy kechgan festival barcha ishtirokchilarda yoqimli taassurot qoldirdi.

 “Mash’al” futbol klubi jamoasi ustoz va murabbiylarni yana bir bor kasb bayrami bilan tabriklaydi hamda ularga sog‘lik, barkamol avlod tarbiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.