"Mash’al" futbolchilari shartnomalarini uzaytirishdi

01.07.2025

Muborakning “Mash’al” futbol klubi tarkibdagi bir qator muhim futbolchilar bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirishga erishdi.

🔹 Himoyachi Ergash Ismoilov bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil 30 noyabrgacha uzaytirildi.
🔹 Yarim himoyachi Javohir Abdualimovning shartnomasi 2027 yil 30 dekabrgachagacha davom etadi.
🔹 Yosh yarim himoyachi Nurjadon Muzaffarov esa 2026 yil 15 dekabrgacha “Mash’al” safida qoladi.

 

Klub rahbariyati futbolchilarning jamoaga bo‘lgan sadoqati va maydondagi faoliyatini yuqori baholagan holda ular bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.

Bu yangilangan shartnomalar “Mash’al”ning barqarorligi va kelajakdagi muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun muhim qadam bo‘ldi.