Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Mash’al" – "Andijon" uchrashuvi G‘uzordagi "Sho‘rtan" stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuv keskin va kurashlarga boy tarzda kechdi.
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 41-daqiqada jamoamiz sardori va yetakchi to‘purari Humoyun Murtozaev Anvar Murodov uzatmasidan keyin aniq zarba yo‘llab, raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu gol "Mash’al"ga muhim uch ochko taqdim etdi.
Bu g‘alaba bilan "Mash’al"ning oldingi 6 o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasi yakunlandi va jamoa muxlislariga kutilgan shodlikni baxsh etdi.
Superliga, 19-tur
"Mash’al" — "Andijon" 1:0
📅 17 avgust 2025 yil
📍 G‘uzor, "Sho‘rtan" stadioni. 19:00
Gol: Humoyun Murtozaev (41, Anvar Murodov) – 1:0
"Mash’al" tarkibi:
35. Dostonbek To‘xtaboev, 6. Javohir Abdualimov (5. Samandar Ochilov, 74), 7. Islombek Baratov (9. Ibrohim G‘anixonov, 81), 8. Sardor Abduraimov (19. Islom Sharipov, 74), 10. Humoyun Murtozaev (57. Aminu Umar, 81), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Anvar Murodov (13. Nuriddin Nuridinov, 90+5), 22. Nurjahon Muzaffarov, 28. Ergash Ismoilov, 34. Shaxboz Jo‘raev, 80. Dmitriy Yashin.
Zaxiradagilar: 1. Umidjon Hamroev, 18. Dilshod Rahmatullaev, 24. Avazxon Mamatxo‘jaev, 37. Sherzod Fayziev.
"Andijon" tarkibi:
31. Erjan Tokotaev, 3. Sunnatulloh Hamidjonov (13. Sardorbek Azimov, 36), 4. Islom Mamatkazin, 6. Altin Kreyziu, 7. Ismoil Akinade (71. Bektemir Abdumannonov, 46), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziev, 14. Abdurahmon Komilov, 17. Farhodjon Sohibjonov (23. Doniyor Abdumannopov, 46), 26. Muhammadkarim Toirov (10. Ilhomjon Abdug‘aniev, 65), 27. Kristian Novak, 99. Muhammadali Usmonov (18. Damir Temirov, 46).
Zaxiradagilar: 1. Eldor Adhamov, 2. Abubakir Ashurov, 9. Saidumarxon Saidnurullaev, 22. Usmonali Ismonaliev.
⚖️ Ogohlantirish: Dmitriy Yashin (33-daqiqa)
"Mash’al" jamoasi ushbu g‘alaba orqali Superligadagi o‘z o‘rnini mustahkamladi va muxlislariga bayramona kecha hadya etdi. Shuningdek, jamoa 6 o‘yindan buyon davom etgan mag‘lubiyatli seriyani ham ortda qoldirdi.