“Mash’al” G‘uzorda yana mag‘lubiyatga uchradi

19.04.2026

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Xorazm” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. G‘uzordagi “Sho‘rtan” stadionida kechgan bahsda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Superliga, 8-tur
“Mash’al” – “Xorazm” 0:1
18.04.2026. G‘uzor, “Sho‘rtan” stadioni. 19:00

Uchrashuv davomida jamoalar o‘zaro keskin va murosasiz kurash olib borishdi. “Mash’al” futbolchilari bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratishga uringan bo‘lsalar-da, yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi.

O‘yin taqdiri esa 84-daqiqada hal bo‘ldi. Mehmonlar hujumida yuzaga kelgan vaziyatda Vlatko Stoyanovskiy tomonidan kiritilgan avtogol hisobni ochdi va bu gol uchrashuvda yagona bo‘lib qoldi — 0:1.

Qolgan vaqt davomida “Mash’al” hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandi, ammo “Xorazm” himoyasi ishonchli harakat qildi va hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, “Mash’al” o‘z maydonida navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi, “Xorazm” esa muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga, 8-tur

"Mashal" - "Xorazm" 0:1

18.04.2026. G'uzor, “Sho'rtan“ stadioni. 19:00

Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzaqov, Umidjon Nutfulloev

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Nasibabonu Toshmuhamedova

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Oybek Davletmurodov

Gol: Vlatko Stoyanovskiy 84 avtogol, - 0:1.

"Mashal": 35. Doston To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov, 9. Ibrohim G'anixonov (7. Vlatko Stoyanovskiy, 46), 13. Nuriddin Nuriddinov (5. Samandar Ochilov, 77), 14. Abdul Rashid Abubakar (8. Sardor Abduraimov, 82), 15. Muhammadali Aliqulov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shahboz Jo'raev, 37. Sherzod Fayziev, 45. Suhrobjon Parmonqulov, 97. Augustin Chidi

Zaxira: 1. Azamat Soyibov, 3. Asan Vaniev, 28. Ergash Ismoilov, 38. Sunnatulla Yarashev, 69. Roman Xajiev, 99. Rafael Ayagva

"Xorazm": 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Abbosjon Otaxonov, 8. Nodirbek Abduxaliqov (17. Danil Nugmanov, 69), 10. Yannis Leri (79. Azizjon Ahrorov, 69), 13. Elzio Lohan (9. Jasurbek Azimov, 88), 15. Diyorbek Ortiqboev, 22. Sunnatulloh Hamidjonov, 25. Matiya Rom, 55. Azizbek Pirmuhammadov, 94. Rustamjon Abduhamidov (11. Danila Ejov, 88), 97. Bubakar Traore (7. Temurbek Ismailov, 90)

Zaxira: 33. Nikola Stoshich, 6. Shoxjahon Sultonmurodov, 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Abror Xo'sinov

Ogohlantirishlar: Bubakar Traore 80,