Superliga–2025 mavsumi yakunlariga ko‘ra, “Mash’al” jamoasi nafaqat maydondagi o‘yini, balki intizomi bilan ham alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Mavsum davomida o‘tkazilgan 30 ta uchrashuvda jamoamiz safida maydonga tushgan 21 nafar futbolchiga jami 50 ta sariq kartochka ko‘rsatildi.
Eng e’tiborli jihati shundaki, butun mavsum davomida “Mash’al” futbolchilariga biror marta ham qizil kartochka ko‘rsatilmadi. Bu ko‘rsatkich jamoaning taktik savodxonligi, emotsional barqarorligi va maydondagi o‘zaro hurmatga asoslangan o‘yinini yaqqol namoyon etadi.
Intizom — yuqori natijalarning muhim omillaridan biri. “Mash’al” jamoasi ushbu jihatda Superligada namuna bo‘la oldi, deb ishonch bilan aytish mumkin. Bu esa kelgusi mavsumlar oldidan jamoaning yanada barqaror va raqobatbardosh bo‘lishiga mustahkam zamin yaratadi.
Ogohlantirishlar statistikasi bilan tanishing
