«Mash’al» jamoasi bilan bir necha futbolchilar xayrlashdi

04.01.2026

«Mash’al» Professional futbol klubi tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bilan o‘zaro kelishuv asosida bir qator tajribali futbolchilar klubni tark etdi.

Jumladan, Shoxnazar Norbekov, Dilshod Rahmatullaev, Sharipov Islom, Jamshid Xasanov, Asadbek Samariddinov hamda Avazxon Mamatxo‘jayev «Mash’al» safidagi faoliyatini yakunladi.

Ushbu futbolchilar klub tarkibida faoliyat olib borgan davrda jamoa manfaatlari yo‘lida o‘z mehnatlari, tajribalari va professional munosabatlari bilan hissa qo‘shdilar.

«Mash’al» Professional futbol klubi ushbu futbolchilar bilan do‘stona ravishda xayrlashib, klub ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda ularning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaydi.

Barchasi uchun rahmat, yigitlar!