Superliga–2025 yakuniga bag‘ishlangan statistik tahlil
2025 yilgi O‘zbekiston Superligasi mavsumida “Mash’al” jamoasi sharafini jami 31 nafar futbolchi himoya qildi. Mavsum davomida murabbiylar shtabi turli taktik qarorlar asosida tarkibni aylantirib bordi, ammo ayrim futbolchilar maydondagi barqaror harakati bilan alohida ajralib turdi.
Maydonda eng ko‘p daqiqa o‘tkazgan futbolchilar sifatida Xumoyun Murtozaev va Ergash Ismoilov yetakchilik qildi. Murtozaev Superliga bahslarida jami 2277 daqiqa, Ismoilov esa 2222 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu ko‘rsatkichlar ularning jamoadagi muhim o‘rni va murabbiylar ishonchi darajasini yaqqol namoyon etadi.
Shuningdek, mavsumning barcha o‘yinlarida — ya’ni 30 ta uchrashuvda to‘liq ishtirok etgan yagona futbolchi Sardor Abdururaimov bo‘ldi. Uning barqarorligi, jarohatlarsiz va diskvalifikatsiyalarsiz mavsumni o‘tkazgani jamoa uchun muhim omillardan biri sifatida baholanadi.
Umuman olganda, 2025 yilgi Superliga mavsumi “Mash’al” tarkibida raqobat, ishonch va jismoniy tayyorgarlik qay darajada bo‘lganini ko‘rsatib berdi. Statistika esa faqat raqamlar emas, balki mavsum davomidagi mehnat va mas’uliyatning aniq ifodasidir.
Super liga 2025da maydonga tushgan futbolchilar statistikasi bilan tanishing: