Mash’al – Navbahor: Navbatdagi muhim bellashuv G‘uzorda!

18.11.2025

Superliga 29-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin oldidan jamoalar holati va kutilmalarga nazar tashlaymiz.

Sherzod Jo‘raev boshchiligidagi “Navbahor” jamoasi shu kunga qadar 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ochko to‘plagan va musobaqa jadvalida 7-pog‘onadan joy olgan. Namangandan kelayotgan raqib keyingi uchrashuvlarda barqaror o‘yini bilan yaxshi natijalar qayd etmoqda.

Otabek Narzullaev qo‘l ostidagi “Mash’al” esa 28 tur davomida 29 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinda bormoqda. Jamoamiz bugungi kunda ochkolarni qo‘lga kiritish va turnir jadvalida yuqorilash uchun har bir bellashuvga katta ahamiyat qaratib, puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ushbu uchrashuv
📅 21 noyabr kuni
📍 G‘uzorda
soat 16:00 da start oladi.

“Mash’al” uchun muhim bo‘lgan bu bellashuvda o‘z maydonimizda g‘alaba uchun kurash olib boriladi. Muxlislarimizdan jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz!