“Mash’al” safarda mag‘lub bo‘ldi "Paxtakor" – "Mashal" 2:1

14.04.2026

Superliga 7-tur doirasida “Mash’al” jamoasi Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahs yakunida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi asosan mezbonlar ustunligida o‘tdi. 41-daqiqada Flamarion hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda yuzaga kelgan noxush vaziyat natijasida Shahboz Jo‘raev tomonidan kiritilgan avtogol hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda “Mash’al” jamoasi o‘yinga qaytish uchun bor kuchini ishga soldi. 68-daqiqada Shahboz Jo‘raev o‘z xatosini qisman yuvishga muvaffaq bo‘lib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda jamoamiz bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirganiga qaramay, hisobni tenglashtirishning imkoni bo‘lmadi.

Uchrashuv davomida murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘yinni kuchaytirishga xizmat qildi, biroq yakunda mezbonlar minimal ustunlikni saqlab qoldi. Shunday qilib, “Mash’al” safarda qiyin o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Superliga. 7-tur

"Paxtakor" – "Mashal" 2:1

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohrux A'zamov, Aziz Isoqov

Zaxira hakami: Azizbek Jumanov

VAR: Rustam Choriev

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: 1:0 – 41, Flamarion (Piotr Pajeshak), 2:0 – 45+2, Shahboz Jo'raev (avtogol), 2:1 – 68, Shahboz Jo'raev.

 

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 9. Ibrohim Ibragimov (11. Hojimat Erkinov, 84), 23. Abdurauf Bo'riev, 10. Akmal Mozgovoy (27. Sardor Sobirxo'jaev, 74), 50. Flamarion (14. Rustam Turdimurodov, 62), 21. Bashar Resan, 19. Piotr Pajeshak (17. Doston Hamdamov, 61)

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Shahzod Azmiddinov, 4. Zaid Tahsin, 34. Sherzod Nasrullaev, 20. Dilshod Abdullaev

 

"Mashal": 35. Doston To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov, 5. Samandar Ochilov (22. Nurjahon Muzaffarov, 59), 9. Ibrohim G'anixonov (28. Ergash Ismoilov, 68), 14.Abdulrashid Abubakar (66.Diyor Mamataliev, 84), 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Muhammadali Abdug'aniev (13. Nuriddin Nuriddinov, 59), 34. Shahboz Jo'raev, 45. Suhrob Parmonqulov, 69. Roman Xodjaev, 97. Chidi Avgustin (7. Vlatko Stoyanovskiy, 68)

 

Zaxira: 1. Azamat Soyibov, 3. Asan Vaniev, 4. Asadbek Habibullaev, 37. Sherzod Fayziev

 

Ogohlantirishlar: Nurjahon Muzaffarov (61), Rustam Turdimurodov (62)