O‘zbekiston Superligasining 5-turi doirasida jamoamiz Toshkentning «Olimpiya» stadionida namanganliklar mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi «gazchilar» uchun biroz omadsiz kechdi. Maydon egalari 37 va 42-daqiqalarda ikkita tezkor gol urishga erishishdi. Diyor Xolmatov va Muhammadali Usmonovning gollari tanaffusga mezbonlarning 2:0 hisobidagi ustunligi bilan chiqib ketishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘limda murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. Jamoamiz vakillari oldinga intilib, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. 61-daqiqada legionerimiz Vlatko Stoyanovski hisobni qisqartirib, jamoamizga umid bag‘ishladi — 2:1.
Qolgan vaqt davomida «Mash’al» futbolchilari hisobni tenglashtirish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi, biroq yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish nasib etmadi. Natijada, jamoamiz bu turda minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Superliga
5-tur
"Navbahor" – "Mashal" 2:1
Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov
Zaxira hakami: Nikita Mustafin
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: 1:0 – 37, Diyor Xolmatov (Muhammadali Usmonov), 2:0 – 42, Muhammadali Usmonov (Umar Adhamzoda), 2:1 – 61, Vlatko Stoyanovski
🟦"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 2. Saidazamat Mirsaidov (70. Abbosjon G'ulomov, 90+3), 4. Islombek Mamatkazin, 7. Ruslanbek Jiyanov, 8. Diyor Xolmatov (20. Quvondiq Ro'ziev, 90+3), 9. Zabihillo O'rinboev (28. Kati Katulondi, 57), 10. Shohmalik Komilov (97. Aleks Nassimento Fernandes, 63), 13. Opeyemi Teidi Benjamin, 22. Umar Adhamzoda, 34. Giorgi Jgerenaya, 77. Muhammadali Usmonov (23. Vanya Ilich, 63)
Zaxira: 16. Shukron Yo'ldoshev, 3. Zafarbek Rahimjonov, 6. Shohruhbek Abdurahmonov, 18. Isoxon Musoxonov.
🟥"Mashal": 1. Azamat Soyibov, 7. Vlatko Stoyanovski (97. Avgustin Chidi Kvem, 80), 8. Sardor Abduraimov (18. Ilhomjon Abdig'aniev, 46), 10. Humoyun Murtozaev (13. Nuriddin Nuridinov, 70), 14. Abdul Rashid Abubakar (5. Samandar Ochilov, 70), 15. Muhammadali Aliqulov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shahboz Jo'raev (28. Ergash Ismailov, 82), 37. Sherzod Fayziev, 45. Suhrobjon Parmonqulov (4. Asadbek Xabibullaev, 82), 69. Roman Xadjiev.
Zaxira: 35. Dostonbek To'xtaboev, 3. Asan Vaniev, 99. Viashima Rapayel Ayagva.
Ogohlantirishlar: Muhammadali Aliqulov (53), Abdul Rashid Abubakar (61), Shahboz Jo'raev (65), Islombek Mamatkazin (78), Kati Katulondi (90+4)