“Mash’al U-19” safarda minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi

03.07.2025

U19 chempionatida navbatdagi tur uchrashuvini “Mash’al” U-19 jamoasi safarda “Qizilqum” yoshlariga qarshi o‘tkazdi. Jangovor va imkoniyatlarga boy kechgan bellashuvda bitta gol barchasini hal qildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida maydon egalarining yarim himoyachisi Behruz Ismoilov aniq zarba bilan o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi. Muboraklik yoshlar so‘nggi daqiqalargacha kurash olib borishdi, bir necha bor hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi, ammo omad yuz o‘girdi.

U19_Chempionati

11-TUR

QIZILQUM U19 - MASh’AL U19 / 1:0

Gol: Ismoilov 79

Chetlatish: Ibrohim Sayimnazarov

 
Uchrashuv rasmiylari:

 Bosh hakam: Ma’ruf Tilloev

Qanot hakamlari: Mirjalol Jiyanov, Umidjon Quvvatov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Nodirjon Baltaev

Komissar: Shaxboz G‘ulomov

 

  “Mash’al”: 31. Umidjon Nasirqulov, 32. Boymurod Shamuradov, 33. Ahrorbek Raximov ,36. Javohir Abdulazizov, 42. Muhammadyusuf Valijonov, 50. Ozodbek Olimov,64. Ibrohim Sayimnazarov, 71. Sherxan Gafurov, 72. Normurod Ko‘charov, 74. Abbosbek Kamolov, 90. Muhammadali Boymurodov

Zaxira: 41. Nazarbek Xoshimov , 38. Sunnatulla Yarashev, 40. Ruhiddin Xolmatov, 46. Chingiz Choriev, 52. Behruzbek G‘ayratov, 60. Samandar Tursunboev

 

“Qizilqum”: 37. Ibrohim Erkinov, 50. Behruz Ismoilov, 52. Ramazon G‘ulomov, 55. Shoxijahon Nematov, 57. Temur Rizoqulov, 58. Ilhomjon Ruziqulov, 60. Faridjon Obitov, 64. Javohir A’zamov, 66. Jahongir Salomov , 74. Biloliddin Ermatov, 96. Sarvarbek Rajjaboev

Zaxira: 47. Javohir To‘ymurodov, 48. Hondamir Nodirov, 49. Ahadbek Samatov, 54. Shahriyor Mamayusufov, 61. Sunnatbek G‘aniev, 62. Xolboy Absattarov, 65. Nodir Boltaev, 68. Asrorboy Qilichev, 73. Jamshidbek Pardaev