«Mash’al» U-19dan ishonchli g‘alaba

17.08.2026

Bugun U19 Chempionatining 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Mash’al» U-19 jamoasi «TerDU» U-19ga qarshi maydonga tushdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda jamoamiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi.

Uchrashuvdagi hisob 16-daqiqada ochildi. Jamoamiz hujumchisi Suxrobbek Rahimov o‘zining aniq zarbasi bilan «Mash’al»ni oldinga olib chiqdi — 1:0.

Ikkinchi bo‘limda ham futbolchilarimiz faollikni davom ettirib, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishdi. Bahsning        74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Diyorbek Rahimjonov o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, «Mash’al»ning ikkinchi golini kiritdi — 2:0.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, «Mash’al» U-19 jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Mash’al» U-19 - «TerDU» U-19. 2-0

Gol. Suxrobbek Rahimov 16, Diyorbek Rahimjonov 74.

 

Hakamlar va rasmiylar

Bosh hakam: Shohinur Boymatov
Yordamchi hakam: Jabbor Panjiev, Nurbek A’zamov
Zaxira hakami: Behruz Abduxoliqov
Hakamlar nazoratchisi: O‘ktam Qurbonnazarov
Uchrashuv komissari: Elbek Jo‘raev

«Mash’al» U-19: 75. Kamronbek Xamroev, 26. Suxrobbek Rahimov, 46. Javohir Avazxonov, 47. Kamronbek Abdullaev, 52. Samandar Aliev, 60. Samandar Tursunboev, 74. Abbosbek Kamolov, 76. Firdavs Jovliev, 80. Farxod O‘ktamov, 92. Nazarbek Bozorov, 93. Bobir Abdushukurov.

Zaxiradagilar: 78. Ziyodulla Abdurashidov, 38. Sunnatulla Yarashev, 42. Diyorbek Rahimjonov, 56. Muhammadbilol Anvarov,  59. Muhammadjon Muhammedov, 65. Bekzod Qarshiboev, 95. Eliyor Suyunov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.

«TERDU» U-19: 36. Asadbek Absoatov, 5. Rustambek Xurramov, 14. Akmal Mamarajabov, 19. Kamronbek Azimov, 37. Sarvarbek Xamroev, 45. Amin Rahmatullaev, 46. Sardorbek Djavliev, 71. Davronbek Azimov, 79. Iskandar Jalilov, 88. Ahmadjon Xasanov, 97. Umarjon Rahmonqulov.

Zaxiradagilar: 32. Fazliddin Aliqulov, 3. Jamshid Choriev, 21. Shahzodbek Toshtemirov, 27. Behruz Pardanazarov, 47. Azizbek Abdixamidov.