Mash’al U-21 da navbatdagi mag‘lubiyat

17.04.2026

Muborakda o‘tkazilgan U-21 chempionati 8-tur uchrashuvida “Mash’al” yoshlar jamoasi “Xorazm”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv mehmonlar ustunligida o‘tdi. Ilk bo‘limda raqib bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratib, hisobda oldinga chiqib oldi. Gollarga Daniil Nugumanov (20-daqiqa) — 0:1, Danila Yejov (28-daqiqa) — 0:2 va Asan Vaniev (40-daqiqa) — 1:2 mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Azizjon Ahrorov (46-daqiqa) — 1:3 hisobni o‘rnatdi. Qolgan vaqtda “Mash’al” yoshlari vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi, biroq bu samara bermadi.

Yakunda “Mash’al” yoshlari navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

U-21 chempionati, 8-tur

Mash’alXorazm 1:3