Mash’al U-21 jamoamiz Qashqadaryo hokimi kubogi - 2025 g‘olibi sohibi bo‘ldi

18.02.2025

Otabek Narzullaev boshchiligidagi "Mash’al" U21 jamoasi yana bir yirik yutuqqa erishdi! Jamoamiz Qashqadaryo viloyati hokimi kubogida ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba jamoamizning yuqori saviyada shakllanayotganini va chempionat bahslariga yuksak tayyorgarlik bilan kirib borayotganini ko‘rsatadi.

Milliy bank qo‘llab-quvvatlovi – yana bir sovringa yo‘l!

Jamoamizning bu kabi muvaffaqiyatlarida bosh homiylarimizdan biri – Milliy bankning hissasi katta. Ularning ko‘magi bilan akademiyamiz yanada kuchli futbolchilarni yetishtirib, yangi sovrinlar uchun kurash olib bormoqda.

Murabbiylar mexnati – akademiya sharafi!

"Mash’al" akademiyasi tajribali murabbiylar va iqtidorli yoshlardan shakllangan mustahkam jamoa. Otabek Narzullaev boshchiligidagi mutaxassislarimiz yosh futbolchilarni kuchli sportchi va kelajak yulduzlari sifatida tarbiyalamoqda. Har bir mashg‘ulot, har bir o‘yin ortida – mashaqqatli mehnat, mehr va professional yondashuv yotadi.

Oldinda chempionat bahslari bor.

"Mash’al" U21 jamoasi yangi marralarga intiladi va muxlislarini yangi g‘alabalar bilan xursand qilishga tayyor!