O‘zbekiston Ayollar Birinchi ligasi, 19-tur
«Mash’al-W» — «Sho‘rtan-W» 5:0
«Mash’al» futbol klubining ayollar jamoasi O‘zbekiston Ayollar Birinchi ligasining 19-turida «Sho‘rtan-W» jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda mash’allik futbolchilar raqib darvozasiga beshta javobsiz gol kiritib, muxlislarga quvonch ulashdi.
Uchrashuv davomida «Mash’al-W» futbolchilari o‘z ustunliklarini namoyon etib, har ikki bo‘limda ham samarali harakat qilishdi.
Uchrashuvda kiritilgan gollar:
⚽️ 27-daqiqa — Roziyabonu Ubaydullaeva
⚽️ 33-daqiqa — Jasmina Hamidova
⚽️ 47-daqiqa — Iroda Alikulova
⚽️ 57-daqiqa — Amira Sergeeva
⚽️ 90+2-daqiqa — Mohira Behbudova
Shu tariqa, «Mash’al-W» 5:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Mash’al» futbol klubi tarixida ilk bor ayollar jamoasi Birinchi ligada uchinchi o‘rinni muddatidan oldin kafolatladi. Bu natija klub uchun muhim tarixiy voqea bo‘lib, jamoaning mavsum davomidagi mehnati va intilishlarining samarasidir.
Jamoaning ushbu muvaffaqiyatida murabbiylar shtabi — Shohrux Zoirov, Sarvinoz Ergasheva, Go‘zal Muxutdinova va Ozoda Rahmatovalarning mehnati ham muhim o‘rin tutadi.
«Mash’al» futbol klubi ayollar jamoasini, murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaydi. Kelgusi uchrashuvlarda ham jamoamizga zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
Olg‘a, «Mash’al-W»!