“Mash’al” jamoamiz Superliganing 22-turida safarda Surxondaryoning kuchli jamoasi — “Surxon”ga qarshi bahs olib boradi.
📅 18 sentabr 2025 yil
📍 Termiz, “Surxon Arena”
🕕 18:30
Fevzi Davletov boshchiligidagi “Surxon” jamoasi shu paytgacha 21 o‘yinda 24 ochko to‘plab, turnir jadvalida 9-pog‘onadan joy olgan.
Otabek Narzullaev qo‘l ostidagi “Mash’al” esa 21 uchrashuvdan keyin 21 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Ushbu uchrashuv nafaqat ochkolar uchun, balki vohadagi ikki jamoa o‘rtasidagi an’anaviy raqobat – “Voha derbisi” sifatida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Muxlislar 18 sentabr kuni Termizda yoki televidenie orqali qizg‘in va murosasiz bellashuv guvohi bo‘lishadi.
🔥 “Surxon” – “Mash’al” uchrashuvi haqiqiy jangga aylanishi kutilmoqda!