Navbatdagi raqib — “Xorazm”

10.10.2025

Superliganing navbatdagi turida Muborakning Mash’al” jamoasi Xakim Fuzaylov boshchiligidagi “Xorazm” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Hozircha “Xorazm” jamoasi 24 o‘yinda 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi. “Mash’al” jamoamiz esa Otabek Narzullaev boshchiligida shu paytgacha 24 o‘yin o‘tkazib, 23 ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.

Birinchi davrada bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Xorazm” yirik 3:0 hisobda g‘alaba qozongan edi. Bu galgi bellashuv har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi — ayniqsa, turnir jadvalidagi vaziyat ikki tarafni ham faqat g‘alaba uchun kurashishga undaydi.

Eslatib o‘tamiz:
“Mash’al” – “Xorazm” uchrashuvi 17 oktabr kuni G‘uzor shahridagi “Sho‘rtan” markaziy stadionida soat 17:00 da boshlanadi.

Muxlislarimizga chiroyli o‘yin va jamoamizga omad tilaymiz!