Superliganing navbatdagi bellashuvda “Mash’al” jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi, hozirgi kunda turnir jadvalida 9-o‘rinda borayotgan “Andijon”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoaga Maksim Shaskix boshchilik qilmoqda.
Biz esa, afsuski, ikkinchi davrada hali g‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsak-da, Otabek Narzullaev qo‘l ostidagi yigitlar 15 ochko bilan jadvalda 13-o‘rinda bormoqda. Shu bois ushbu uchrashuvda jamoamiz uchun ochkolar juda muhim ahamiyatga ega.
Eslatma: “Mash’al” – “Andijon” bahsi G‘uzordagi “Sho‘rtan” markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tadi va soat 19:00 da start oladi.
Keling, birgalikda stadionga tashrif buyurib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz!
Birga bo‘lsak – biz kuchlimiz! ️