O‘zbekiston Superligasining 14-tur bahslari doirasida “Mash’al” jamoasi mehmonda maydonga tushadi. Bu safargi raqibimiz — mamlakatimizning yetakchi jamoalaridan biri, Namanganning “Navbahor” jamoasi.
Uchrashuv joriy yil 28 iyun kuni, Namangandagi “Navbahor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs soat 19:00 da start oladi. Mazkur to‘qnashuv Superliga jadvalidagi holatga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda “Navbahor” jamoasi yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa, “Mash’al” jamoasi har bir ochko uchun kurashni kuchaytirgan. Shu boisdan, bu bellashuv tomoshabop va keskin o‘tishi tabiiy.
Jamoamiz ushbu safar o‘yinida bor kuchini ishga solib, muvaffaqiyat uchun maydonga tushadi. Barcha muxlislarimizni ekranlar orqali jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
Superliga 14-tur
28 iyun 19:00
“Navbahor” - “Mash’al”