Navbatdagi raqibimiz — “Neftchi”

18.08.2025

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan bahsda “Mash’al” jamoamiz safarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Hozirgi kunda “Neftchi” jamoasi bosh murabbiy Vitaliy Levchenko qo‘l ostida 39 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

“Mash’al” jamoamiz esa Otabek Narzullaev boshchiligida 18 ochko bilan 13-o‘rinda qayd etilmoqda. Jamoamiz navbatdagi turda munosib natija qayd etish maqsadida tayyorgarlikni olib bormoqda.

1-davradagi uchrashuvda “Neftchi” 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” – “Mash’al” uchrashuvi 21 avgust kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 19:00 da start oladi.