Navbatdagi raqibimiz – OKMK jamoasi

30.06.2025

Superliga–2025 musobaqasining 15-turi doirasida “Mash’al” jamoasi OKMK klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 5 iyul kuni G‘uzorda bo‘lib o‘tadi va soat 20:00 da start oladi.

Tajribali mutaxassis Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK jamoasi. Hozirda ular chempionlik uchun kurash olib borayotgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Jamoa hisobida 24 ochko mavjud va ular yuqori uchlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

“Mash’al” esa 15 ochko bilan turnir jadvalida o‘rta pog‘onalarda joylashgan. Asror Aliqulov shogirdlari har bir uchrashuvni amalda final sifatida qabul qilmoqda. Jamoa so‘nggi turlarda barqaror o‘yinlar namoyish etmoqda va muxlislar g‘alabalarni kutib qolmoqda.

Musobaqa ikkala klub uchun ham juda muhim. “OKMK” ochkolar yo‘qotmaslik maqsadida harakat qilsa, “Mash’al” esa o‘z maydonida muxlislarini xursand etishga intilmoqda.

📅 Uchrashuv sanasi: 5 iyul
⏰ Boshlanish vaqti: 20:00
📍 Joyi: G‘uzor stadioni