Superliga–2025 musobaqasining 18-turida “Mash’al” jamoamiz safarda Jizzaxning sharafli klubi – “So‘g‘diyona”ga qarshi maydonga tushadi.
Jizzaxliklar hozirgi paytda tajribali mutaxassis Ivan Boshkovich boshchiligida turnir jadvalida 17 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” oxirgi turlarda barqaror o‘yin namoyish etib, o‘z maydonida ochko yo‘qotmaslikka intilayotgan jamoalardan biri hisoblanadi.
“Mash’al” esa Otabek Narzullaev qo‘l ostida 15 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni egallab turibdi. Jamoamiz uchun mazkur bellashuv katta ahamiyatga ega — ochkolar zahirasini oshirish va turnir jadvalida yuqorilash imkoniyati mavjud.
Uchrashuv tarzida har ikki klub uchun ham keskin va qizg‘in kurash kutiladi. Safarda bo‘lishiga qaramay, futbolchilarimiz g‘alaba uchun bor kuch va mahoratni ishga solishga tayyor.
📅 Uchrashuv sanasi va vaqti
🗓 10 avgust, yakshanba kuni
⏰ 18:30