Navoiyda mag‘lub bo‘ldik "Mash’al" – "Qizilqum" 0:2

11.03.2026

O‘zbekiston Superligasining navbatdagi tur uchrashuvida Muborakning “Mash’al” jamoasi Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida “Qizilqum”ni qabul qildi.

 

Qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgan bellashuv mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuv boshlanishidanoq har ikki jamoa tashabbusni qo‘lga olishga harakat qildi. “Mash’al” futbolchilari maydon markazida faol harakat qilib, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishga intildi. Biroq mehmonlar ham himoyada ishonchli harakat qildi. Birinchi bo‘limning 39-daqiqasida “Qizilqum” hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa hujumi davomida Jambuli Jigauri aniq zarba yo‘llab, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 0:1. Ikkinchi bo‘limda “Mash’al” murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o‘zgarishlar qildi. Vlatko Stoyanovski va Zafarbek Akramov o‘rniga Shahboz Jo‘raev hamda Avgustin Chidi Kvem maydonga tushirildi. Jamoa hisobni tenglashtirish uchun hujumlarga zo‘r berdi. Biroq “Qizilqum” himoyasi ishonchli o‘ynab, vaziyatni nazoratda ushlab turdi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida “Mash’al” oldinga tashlandi, ammo bu holat mehmonlar uchun qarshi hujum imkoniyatini yaratdi. Qo‘shimcha vaqtning 90+1-daqiqasida Shohruz Norxonov gol urib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi — 0:2.

Shu tariqa, Navoiydagi bahs “Qizilqum” jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

 Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 19:45

Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘raev

Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Rustam Choriev

AVAR: Aleksandr Burov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Feruz G‘aniev

 

"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboev, 2.Zafarbek Akramov (97.Avgustin Chidi Kvem, 46'), 5.Samandar Ochilov (14.Abdul Rashid Abubakar, 67'), 7.Vlatko Stoyanovski (34.Shahboz Jo‘raev, 46'), 9.Ibrohim G‘anixonov (27.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, 81'), 10.Humoyun Murtozaev, 13.Nuriddin Nuridinov (8.Sardor Abduraimov, 67'), 15.Muhammadali Aliqulov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev.

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 4.Asadbek Xabibullaev, 18.Ilhomjon Abdig‘aniev, 99.Rafael Viashima Ayagva.

 "Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 4.Ilhomjon Vahobov (7.Fayzullobek Jumanqo‘ziev, 61'), 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Islom Kenjaboev, 11.Oleksiy Shebetun (70.Shohruz Norxonov, 61'), 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G‘ofurov (14.Alisher Shukurov, 86'), 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurullaev, 31.Jambuli Jigauri (9.Shahzod Turopov, 81'), 77.Diyor Raxmatilloev (44.G‘iyosjon Rizaqulov, 86').

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 17.Akmaljon Muzaffarov, 19.Ilhom Kenjaev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov.

 Ogohlantirishlar: 57 - Asror G‘ofurov, 62 - Nurjahon Muzaffarov, 90+3 - Abdul Rashid Abubakar

To'liq o'yinni ko'rish uchun 👇