Neft va gaz sanoati xodimlarini bayram bilan tabriklaymiz!
Yurtimizda turli kasb egalari o‘z bayramlarini nishonlab kelishadi. Bugun esa mamlakatimiz taraqqiyotida o‘ta muhim o‘ringa ega bo‘lgan soha vakillari — Neft va gaz sanoati xodimlari o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlamoqdalar.
“Mash’al” futbol klubi ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha soha xodimlarini chin yurakdan muborakbod etadi.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli yurtimiz taraqqiyoti, aholining barqaror hayoti va iqtisodiy o‘sish ta’minlanmoqda.
Sizlarga oilaviy tinchlik, mustahkam sog‘lik, omonlik, baxt va barcha ishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz.
Kasb bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!
“Mash’al” futbol klubi

