“Neftchi”ga mag‘lub bo‘ldik

24.08.2025

Superliga 20-turidan o‘rin olgan bahs Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda “Mash’al” jamoamiz mehmon sifatida maydonga tushib, “Neftchi”ga qarshi kuch sinashdi.

Uchrashuvda dastlabki gol 33-daqiqada ro‘y berdi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning uzatmasidan so‘ng Joel Kojo hisobni ochdi. Ikkinchi taymda esa 62-daqiqada tajribali himoyachi Anvar G‘ofurov hisobni ikki barobarga oshirdi. Shundan ko‘p o‘tmay, 70-daqiqada Abrop Ismoilovning yordamchi uzatmasi orqali yana Kojo gol urib, dubl muallifiga aylandi.

Jamoamiz yigitlari maydonda borasiga harakat qilib, imkoniyatlar yaratdi. Biroq ulardan unumli foydalanishning iloji bo‘lmadi.

Superliga

20-tur

"Neftchi" – "Mashal" 3:0  

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Gol: Joel Kojo (Ibrohimhalil Yo'ldoshev) 33', Anvar G'ofurov 62', Joel Kojo (Abror Ismoilov) 70'

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Botirjon Otaboev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Akmal G'iyosov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (11.Quvondiq Ro'ziev, 74), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov (77.Bilol Toshmirzaev, 74), 9.Joel Kojo (32.Zoran Marushich, 74), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov (24.G'ulom Haydar Gulyamov, 85), 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (8.Vladimir Yovovich, 46), 23.Yovan Jokich.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 15.Shahzod Nematjonov, 33.Shohrux Yoqubjonov, 70.Silvanus Nimeli."Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 6.Javohir Abdualimov (9.Ibrohim G'anixonov, 72), 7.Islombek Baratov (13.Nuriddin Nuriddinov, 77), 8.Sardor Abduraimov (55.Farruh Toshpo'latov, 81), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziev, 81), 17.Anvar Murodov (57.Aminu Umar, 72), 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo'raev, 80.Dmitriy Yashin.

Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 24.Avazxon Mamatxo'jaev.

Ogohlantirishlar: Islombek Baratov (3), Ergash Ismoilov (4), Ibrohimhalil Yo'ldoshev (59).