Nuriddin Nuriddinov “Mash’al” bilan shartnoma imzoladi

22.07.2025

Yangi futbolchi – yangi umidlar! “Mash’al” jamoasi hujumchi Nuriddin Nuriddinov bilan shartnoma imzoladi.

24 yoshli Andijonlik futbolchi o‘z vaqtida “Andijon” futbol klubi hamda Qirg'izistonning “Alay” jamoalari safida to‘p surgan. U Qirg'iziston Premer Ligasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Endilikda Nuriddinov “Mash’al” sharafini himoya qiladi. Yangi jamoada unga omad va zafarlar tilaymiz!

Xush kelibsan, Nuriddinov!