26-avgust kuni O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida “Paxtakor” hamda “Mashal” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Toshkentdagi bellashuv 3:1 hisobida “Paxtakor”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi mezbonlar ustunligida o‘tdi. 10-daqiqada Bashar Resanning uzatmasini Flamarion golga aylantirib hisobni ochdi. Birinchi taym so‘nggi qismida ham Flamarion o‘zini ko‘rsatdi va dubl rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng qo‘shib berilgan daqiqalarda Aziz To‘rg‘unboevning pasidan Igor Sergeev darvoza yo‘lini topdi — 3:0.
Ikkinchi bo‘limda “Mashal” jamoasi faol harakat qildi va bir qator imkoniyatlar yaratdi. 85-daqiqada jamoa sardori Humoyun Murtozaev penaltidan aniq zarba yo‘llab hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi — 3:1.
Shu tariqa, O‘zbekiston kubogidagi yurishimiz to‘xtadi
"Paxtakor" — "Mashal" 3:1 (TUGADI)
26 avgust, 2025 yil
Bosh hakam: Xushnud Suyunboev
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshidbek Bakirov
Zaxira hakam: Sardor Mirodilov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR hakami: Akobir Shukurullaev
AVAR hakami: Edita Mirobidova
Gol: Flamarion (Bashar Resan) 10, 45, Igor Sergeev (Aziz Turg'unboev) 45+4, 3:0, Humoyun Murtozaev (penalti) 85, 3:1
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin (5. Muhammadqodir Hamraliev,46), 9. Ibrohim Ibragimov (2. Behruz Asqarov,59), 10. Aziz Turg'unboev, 11. Igor Sergeev (17. Dostonbek Hamdamov, 77), 15. Xojimat Erkinov, 21. Bashar Resan (94. Brayan Riaskos,59), 23. Abdurauf Bo'riev, 50. Flamarion ( 8. Diyor Xolmatov, 46), 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Dilshod Saitov
Zaxira: 18. Jonatan Luiz, 18. Bobir Abdixoliqov, 20. Dilshod Abdullaev, 22. Umar Adhamzoda,
"Mashal": 1. Umidjon Hamroev, 7. Islombek Baratov (17. Anvar Murodov,64), 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim G'anixonov (13. Nuriddin Nuriddinov, 64), 10. Humoyun Murtozaev, 22. Nurjahon Muzaffarov ( 6. Javohir Abdualimov, 64), 24. Avazxon Mamatxo'jaev, 28. Ergash Ismoilov, 34. Shahboz Jo'raev, 37. Sherzod Fayziev (57. Umar Aminu,46), 80. Dmitriy Yashin
Zaxira: 25. Davronbek Rahmonov, 5. Samandar Ochilov, 18. Dilshod Rahmatullaev, 27. Zafarbek Akramov, 55. Farruh Toshpo'latov,
Ogohlantirishlar: Flamarion ("Paxtakor") 29, Ibrohim G'anixonov ("Mashal") 37
Noaniq penalti: Brayan Riaskos ("Paxtakor") 90+6