Qashqadaryo derbisida “Mash’al”dan tarixiy g‘alaba

10.11.2025

Qashqadaryo derbisida “Mash’al”dan tarixiy g‘alaba

Qashqadaryo derbisi doimo o‘ziga xos shiddat va qiziqish uyg‘otadi. Bu galgi bahs ham shundan mustasno bo‘lmadi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Nasaf” o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning ilk daqiqalaridayoq “Nasaf” gol urib hisobni ochdi. 14-daqiqada Sharof Muhitdinov Oybek Bozorovning uzatmasidan so‘ng darvozani aniq nishonga oldi — 1:0.

Biroq bu gol “Mash’al”ni izdan chiqarmadi. Ortidanoq, bir daqiqadan keyin Islom Sharipov Humoyun Murtozaevning a’lo darajadagi uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi — 1:1. Ushbu gol jamoaga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi va “Mash’al”ning o‘yindagi ustunligi sezila boshladi.

Ikkinchi taymda har ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi, ammo bahs taqdirini “Mash’al”ning yangi legioneri Umar Aminu hal qildi. U 82-daqiqada raqib jarima maydonida vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, hisobni 1:2 qilib jamoasiga tarixiy g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa, “Mash’al” derbida “Nasaf” ustidan so‘nggi yillardagi eng yorqin g‘alabalaridan birini qayd etdi. Jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi bu muvaffaqiyat bilan muxlislarga haqiqiy bayram tuhfa qilishdi.

Bu g‘alaba nafaqat uch ochko, balki jamoaning o‘z kuchiga ishonchini ham yanada oshirdi.

"Nasaf" – "Mash’al" 1:2

08.11.2025

Bosh hakam: Rustam Choriev

Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Dias Galeev

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jaev

Gol: Sharof Muhitdinov (Oybek Bozorov) 14 1:0, Islom Sharipov (Humoyun Murtozaev) 15, 1:1, Umar Aminu 82, 1:2

 

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullaev (  9. Javohir Sidiqov,  71), 8. Zafarmurod Abdirahmatov (20. Yusuf Otubanjo,83), 14. Sharof Muhitdinov, 18. Husayn Norchaev (2. Alibek Davronov, 60), 19. Stefan Cholovich (7. Adenis Shala,60), 22. Igor Golban, 24. Sardor Bahromov (10. Dragan Cheran,60), 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov.

Zaxira: 1. Oleksandr Vorobey,17. Suxrob Nurulloev,  33. Bahodir Halilov, 55. Diyorbek Abdunazarov

"Mash’al": 35. Doston To‘xtaboev, 5. Samandar Ochilov, 10. Humoyun Murtozaev (99. Nodirxon Xabibullaev,65) 13. Nuriddin Nuriddinov (57. Aminu Umar, 46), 15. Muhammadali Aliqulov, 19. Islom Sharipov ( 8. Sardor Abduraimov, 75), 22. Nurjahon Muzaffarov, 24. Avazxon Mamatxo‘jaev (27. Zafarbek Akramov, 65), 28. Ergash Ismoilov, 37. Sherzod Fayziev, 80. Dmitriy Yashin

Zaxira: 1. Umidjon Hamroev,11. Asadbek Samariddinov, 34. Shahboz Jo‘raev, 45. Suxrobjon Parmonqulov, 66. Diyorbek Mamataliev, 

Ogohlantirish: Zafarbek Akramov ("Mash’al") 79, Doston To‘xtaboev ("Mash’al") 90+2