Superliganing 23-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» va «Mash’al» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 16-daqiqada ochildi. Shohruh Gadoev mezbonlarni oldinga olib chiqdi va birinchi bo‘lim «Qo‘qon-1912»ning minimal ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham «Mash’al» hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. 88-daqiqada Iqbol Malikjonov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada Silvanus Nimeli uchinchi golni kiritdi.
Shu tariqa, «Mash’al» Superliganing 23-turida safarda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Superliga. 23-tur
«Qo‘qon-1912» — «Mash’al» — 3:0
Gollar: Shohruh Gadoev (16'), Iqbol Malikjonov (88'), Silvanus Nimeli (90+3').
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Sanjar Shoyusupov, Avaz Abdullaev, Abdurasul Qayumboev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Edita Mirobidova
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Shohruh Gadoev 16, - 1:0 (M.Hasanov). Iqbol Malikjonov 88, - 2:0 (A.O‘ktamov). Silvanus Nimeli 90+3, - 3:0 (A.O‘ktamov).
"Qo‘qon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (90.Akbar O‘ktamov, 72), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (20.Iqboljon Malikjonov, 85), 15.Zafar Hakimov (18.Muhriddin Pazildinov, 90+5), 19.Shahzod Akramov, 21.G‘ulomhaydar Gulyamov, 71.Elbek Yo‘lchiev (11.Silvanus Nimeli, 72), 99.Muhammadanas Hasanov (70.Shohruh Mahmudxojiev, 90+5).
Zaxira: 46.Hamzaxon Xo‘jaev, 4.Asliddin Toshtemirov, 22.Toma Tabatadze, 44.Andro Giorgadze, .
"Mash’al": 25.Samandar Jo‘rabekov, 2.Zafar Akramov (22.Muhammadbobur Mo‘ydinov, 46), 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abduraimov (6.Javohir Ubaydullaev, 61), 9.Ibrohim G‘anixonov (10.Humoyun Murtozaev, 83), 11.Mahmud Jo‘raboev (24.Ifeani Ifeani, 61), 19.Toxir To‘xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 67.Og‘abek Abdiraximov, 70.Azizbek Choriev, 88.Ahrorbek Rahimov (66.Isomiddin Nusratov, 61).
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 36.Javohir Abdulazizov, 63.Pavel Bureev, 76.Firdavs Jovliev.