Muborakning «Mash’al» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Navbatdagi transfer hujum chizig‘iga to‘g‘ri keldi — tajribali markaziy hujumchi Izzatillo Abdulhaqov rasman «gazchilar» safiga qo‘shildi.
23 yoshli futbolchi jamoa bilan shartnoma imzoladi va yaqin kunlarda umumiy mashg‘ulotlarga to‘liq qo‘shiladi.
Qisqacha ma’lumot:
· Amplua: markaziy hujumchi (center-forward)
· Yoshi: 23
· Bo‘yi: 1,78 m
Izzatillo Abdulhaqov «Mash’al»ga qo‘shilishidan avval Nukusning Aral jamoasi sharafini himoya qilib, o‘zining sermahsul o‘yini va muhim gollari bilan muxlislar e’tiborini qozongan edi.
Endi esa uning oldida yangi vazifa — Muborak jamoasi hujumini kuchaytirish, raqobatni oshirish va «Mash’al»ni yuqori o‘rinlar sari yetaklash.
Klub rahbariyati futbolchining tajribasi va jismoniy tayyorgarligi jamoaga qo‘shimcha kuch bo‘lishiga ishonch bildirmoqda. Muboraklik muxlislar esa yangi hujumchidan chiroyli o‘yin va muhim gollarni kutib qolishmoqda.
Omad yor bo‘lsin, Izzatillo! «Mash’al» safida muvaffaqiyatli mavsum tilaymiz
