Rasman: «Mash’al» uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

10.02.2026

«Mash’al» futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini jadal davom ettirmoqda.

Mashg‘ulotlar jarayonida murabbiylar shtabi bir qator yosh va istiqbolli futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazib, eng munosib nomzodlar bilan uzoq muddatli kelishuvlarga erishdi.

Bugun klub rasman uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi:

Asadbek Habibullaev — 22 yoshli himoyachi. O‘tgan mavsumda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan futbolchi bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.

Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev — 21 yoshli iqtidorli himoyachi. O‘tgan mavsumni «Dinamo» jamoasi safida o‘tkazib, 10 ta bahsda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bilan 3 yillik bitim imzolandi.

Samandar Jo‘rabekov — 21 yoshli darvozabon. «Olimpik» klubi tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan posbon bilan ham        3 yillik shartnoma tuzildi.

«Mash’al» futbol klubi yangi a’zolarni jamoada qutlab qoladi hamda kelgusi o‘yinlarda muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.